19:00 / 13.12.2022
1 295

Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni isloh qilish vaqti keldi

Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni isloh qilish vaqti keldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanidagi yig‘ilishda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Ko‘p sohalarda yillar davomida yetarlicha samarali ishlay olmadik. Masalan, paxtachilikni olaylik. Shuncha politbyuro, obkom, raykomlar bilan ham kosamiz oqarmadi. Hozir-chi? Paxtani manfaat yetishtiryapti. Bozor o‘zi tartibga solyapti. Endi boshqa sohalarni, jumladan “O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasini ham isloh qilish vaqti keldi.

Kompaniya erkin, ochiq va raqobatbardosh bo‘lishi kerak. Hozir uning aviaparkida 30 ga yaqin samolyot bor. Misol uchun, samolyotlar sonini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash, narxlarni arzonlashtirish va nafaqat mahalliy reyslar, balki xalqaro yo‘nalishlarda ham raqobatbardosh bo‘lishi lozim. Albatta, samolyotni sotib olish mumkin, lekin undan to‘g‘ri foydalanish shart.

“Havo yo‘llari” erkin va ochiq ishlashga o‘tadi. Xalqimiz kutgandek arzon va xavfsiz aviakompaniya tashkil etiladi
”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Uzbekistan Airways'ni xususiylashtirish bo‘yicha ilk qadam tashlangan edi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi kompaniyani xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasi tanlab olinishi yuzasidan tanlov e’lon qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni isloh qilish vaqti keldi