It qizcha va uning buvisini shaqildoq ilondan himoya qildi

AQShning Florida shtatida it 7 yoshli qizcha va uning buvisini shaqildoq ilonning chaqishidan asrab qoldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi bergan ma’lumotga iqtibos keltirgan holda "Kun" nashri.
Qizcha va keksa ayol o‘z uylaridagi hovuz yonida bo‘lganlarida ularning hovlisiga ilon sudralib kelgan. Xaus laqabli nemis ovcharkasi ilonni payqab qolib, qiz va uning buvisini ilondan himoya qilgan.
Zaharli jonzot itni chaqib olgan. Ovcharka og‘riqdan uvillab, oqsoqlana boshlagan. U zudlik bilan veterinarga olib borilgan. Klinikada shifokor itning tanasida ilon chaqqan uchta izni aniqlagan.
Shaqildoq ilon xavfli ilonlardan hisoblanadi, uning zahri odamni o‘lishiga olib kelishi mumkin. Ilonning bunday nomlanishiga uning dumida o‘ziga xos, harakatchan segmentlardan iborat shaqildog‘i borligi sabab bo‘lib, bu segmentlar bir tomondan ikkinchi tomonga tebranganda, bir-biriga tegib, o‘ziga xos tovush chiqaradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing