13:43 / 14.12.2022
890

Umid G‘ofurov: «Matbuot xizmatlarining qoniqarsiz faoliyati tufayli ko‘p muammolar rahbarlarga yetib bormayapti»

Umid G‘ofurov: «Matbuot xizmatlarining qoniqarsiz faoliyati tufayli ko‘p muammolar rahbarlarga yetib bormayapti»
«Daryo» internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda «Mahalla. Muammo. Mulohaza» loyihasini taqdim etib kelmoqda. Loyihaning 10-soni mavzusi «Axborot vositalari va davlat organlari munosabati» bo‘lib, dastur mehmoni sifatida bloger Umid G‘ofurov taklif etildi.

«Troll.uz» asoschisining aytishicha, matbuot xizmatlari ma’lumotlarni fuqarolarga normal til bilan yetkazishi, xalq fikrlarini qabul qila olishi va ularni hokimiyatga yetkazishi kerak.

- "Bizda esa buning teskarisi. Hokimiyat qaysidir ma’lumotlarga tayanib, qandaydir ma’lumot yig‘adi-da, bitta qilib yuboradi «Hammasi zo‘r bo‘ldi» deb. «Tepaga» jo‘natiladigan hisobotlarda ham hamma narsa zo‘r qilib ko‘rsatiladi.

Menimcha, vazirlar, hattoki, bosh vazir, prezident ham hayotimiz zo‘r deb o‘ylashi mumkin. Chunki ulargacha yetib bormaydi-da muammolar. Qachonki ular internetni ko‘rib, o‘zlari o‘rgansa, keyin nimadir o‘zgaradi. Unda hozirgi mahalla raislari nima uchun kerak? Ular shu muammolarni yig‘ishi kerak, tizimli tarzda hukumatga yetkazishi kerak. O‘zining ishini qilish kerak.

Tepaga mana shu ma’lumotlar yetib bormagandan keyin, pastga «biz siti qurdik» degan yangilik keladi. Sovqotib o‘tirgan odam siti haqidagi ma’lumotni o‘qisa, g‘azabi keladi
", — deydi Umid G‘ofurov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Umid G‘ofurov: «Matbuot xizmatlarining qoniqarsiz faoliyati tufayli ko‘p muammolar rahbarlarga yetib bormayapti»