21:37 / 16.12.2022
1 057

Bino auksionda sotildi

Bino auksionda sotildi
Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining 30.08.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “E.T.F.” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi aksiyadorlik tijorat banki “Aloqabank” filiali foydasiga 700 mln. so‘m kredit qarzdorligi, 80,9 mln. so‘m foiz, shuningdek, penya va pochta harajatini undirish belgilangan.

Mazkur ijro varaqasi Byuroning Xo‘jayli tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan va tomonlarga tanishtirilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor jamiyatga tegishli umumiy maydoni 1.200 kv.m bo‘lgan binosi xatlangan va baholash tashkiloti tomonidan 875 mln. so‘mga so‘mga baholanib, elektron onlayn-auksion orqali kim-oshdi savdosiga chiqararilgan.

Natijada, mol-mulk 822 mln. so‘mga sotilib, kelib tushgan mablag‘lari 25.11.2022 yilda “Aloqabank” filiali foydasiga to‘liq undirib berildi.

Ijro hujjati esa, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bino auksionda sotildi