
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan M.S. endi sud oldida javob beradi.
Gap shundaki, u telegram messenjerida turli yo‘llar bilan o‘ziga qurbonlar izlab topgan va ularning bank kartasi ma’lumotlarini qo‘lga kiritib mavjud mablag‘larini o‘z extiyojlari yo‘lida sarflab kelgan.
Oxirgi o‘lja bo‘lgan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi P.L. ham uning telegramdagi onlayn kredit olib berishni targ‘ib etuvchi kanaliga ulanib qolib, aldovlarga uchib una bank karta ma’lumotlarini taqdim etgani va natijada bank kartasidagi 1 million so‘mdan ortiq pullari noma’lum ravishda o‘zlashtirilganidan so‘ng hududiy IIBga ariza bilan murojaat qilgan va jinoyatchining ortiga tushilgan.
Ayni paytda M.S.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar