23:15 / 17.12.2022
911

Biz birgamiz!

Biz birgamiz!
Yurtimizda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab quvvatlash, ayniqsa jismoniy imkoniyati cheklangan bolajonlarga ta’lim olishlari, hunar egallashlari hamda jamiyatga moslashishlarini ta’minlashga karatilgan bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. 3 dekabr “Nogironlar kuni” mamlakatimizda keng miqyosda nishonlandi. Bolajonlar holidan xabar olindi, “Sahovat” uylarida istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizdan xabar olindi, homiy tashkilotlar tomonidan yordam ko‘rsatildi.

Kuni kecha esa Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligini nishonladik. Barcha davlat korxonalari, oliy ta’lim muassasalari, bog‘cha, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sanaga bag‘ishlab turli tadbirlar tashkil etildi. Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 155 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 244 sonli maktab o‘quvchilari birgalikda Olmazor tumanida joylashgan 36 sonli Muazzam Yusufjanovna Musayeva rahbarligidagi alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda mehmon bo‘ldilar. Bolajonlar uchun konsert dasturlari tashkil etildi. “Biz birgamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu tadbirda chinakam ma’noda bolajonlar bir – birlariga mehr ulashdilar, birgalikda raqsga tushdilar.

Yurtimizda bejizga inklyuziv ta’limga katta e’tibor qaratilmayapti. Maqsad nogironligi bo‘lgan bolajonlarni tezroq va samarali tarzda jamiyatga moslashtirish, ularning faolligini oshirishdir.... Zero bu bolajonlarning hammasi iqtidorli. 36-sonli alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘z qo‘llari bilan turli o‘yinchoqlar yasashadi, yuqori sinf o‘quvchilari esa kosiblik, pazandalik, tikuvchilik va boshqa shunga o‘xshash hunarlarni egallashmoqda.

Bo‘lib o‘tgan tadbir hammani birdek quvontirdi. Mehmonlar o‘zlarinig sovg‘alarini mehmonlarga ulashishdi, shirinliklar tortiq qilindi. Bir so‘z bilan aytganda bolajonlar bayram bahona do‘stlashdilar, birga raqs tushdilar. Bu kabi ezgu tadbirlarni muntazam ravishda tashkillashtirib borish juda muhim, zero har bir bola baxtiyor bolalikning zavqini, shodliklarini his etishga haqli.

Umida XASANOVA
Yashnobod tumani 155-maktabning
“Ijodiy-madaniy masalalar" bo‘yicha targ‘ibotchisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Biz birgamiz!