
Bodomsimon bezlar yallig‘lanishi yuqumli kasallik bo‘lib, uni og‘iz bo‘shlig‘i yoki tashqi muhitdan tushgan turli mikroblar chaqirishi mumkin. Bular:
— viruslar;
— bakterial infeksiyalar.
Kuchli tomoq og‘rig‘i, qurishi, yuqori tana harorati xastalik belgilaridir.
Bodomsimon bezlar yallig‘lanishi asoratlari bilan xavfli hisoblanadi. Unga o‘z vaqtida e’tibor bermaslik jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Yaqin yillargacha anginadan faqat uni olib tashlash orqaligina qutilish mumkin, deb hisoblanardi. Biroq bugunga kelib konservativ davolash usullari orqali ham bu kasallikdan xalos bo‘lish mumkin. Biroq xastalik surunkali tusga kirsa, ya’ni:
— kuchli yiringlash, og‘riq, yuqori isitma kuzatilsa;
— har 3-6 haftada, yiliga 7 martadan ko‘p qaytalansa;
— yiringli jarayonlar rivojlansa;
— bezlar kattalashib, nafas olish qiyinlashsa;
— konservativ davo samara bermasa;
— yurak, buyrak va bo‘g‘imlarda asoratlar kuzatilsa, anginani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash tavsiya etiladi.
Sanjar Mavlonov,
Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori.
Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar