
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi bo‘lib o‘tyapti.
Unda aytilishicha, fuqarolar:
- maktab, bog‘cha va shifoxonalar ko‘payishini, ta’lim va tibbiyot sifati oshirilishini;
- mahallada yo‘l, suv, elektr, transport muammolari hal qilinishini;
- ish o‘rinlari ko‘payishi, tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar yaratilishini;
- adolat ta’minlanishi, ovoragarchilik, byurokratiya va korrupsiya yo‘q bo‘lishini kutmoqda.
"Ko‘tarilgan masalalar aniq va o‘rinlidir. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz bu muammolarni yechishimiz shart.
Hech kim chetdan kelib, bularni hal qilib bermaydi. Odamlarimizning tashabbusi, shijoati va salohiyatini ishga solish uchun barcha sharoitlarni yaratish asosiy vazifamiz bo‘lishi kerak", - dedi prezident.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar