15:30 / 21.12.2022
1 343

Avtobus yo‘laklarida harakatlangan boshqa transport haydovchilari qancha jarimaga tortilishi ma’lum qilindi

Avtobus yo‘laklarida harakatlangan boshqa transport haydovchilari qancha jarimaga tortilishi ma’lum qilindi
Foto: «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati
Toshkentda 20 dekabrdan boshlab jamoat transportlariga ustuvorlik beruvchi ajratilgan yo‘laklarni chizish ishlari boshlangan edi. IIV Jamoat xavfsizligi depertamenti yo‘l-harakat xavfsizligi boshqarma boshlig‘i Fazliddin Toshkenboyevning ma’lum qilishicha, poytaxtda 475 kilometrga yaqin 34 ta alohida avtobus yo‘lakchalari tashkil etiladi.

«Hozirgi kunda Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab 475 kilometrga yaqin 34 ta alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish rejalashtirilgan. Rejaga ko‘ra, yaqin bir hafta ichida asosiy — Alisher Navoiy, Beruniy, Amir Temur va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari bo‘ylab, qolgan ko‘chalarda esa 1-2 oy ichida to‘liq tashkil etiladi», — degan u.

Fazliddin Toshkenboyevning aytishicha, poytaxtda avtobuslar uchun chizilayotgan yo‘lakchalar jamoat transportlarining tirbandlikda qolmasligi uchun zarur. Ushbu yo‘lakchalarda avtobuslardan tashqari faqatgina tez yordam, yong‘in xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanishi mumkin. Qolgan avtotransport vositalariga esa harakatlanish taqiqlanadi va bu tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Avtomobillarga faqat ma’lum sababga ko‘ra, xususan, yo‘l yoqasidagi obyektlarga yoki ko‘chaga kirish uchun ushbu yo‘lakdan foydalanishga ruxsat etiladi. Buning uchun yo‘lakchalarda uziq chiziqlar mavjud bo‘lib, taxminan 40-50 metr masofa belgilanadi. Ko‘cha yoki obyekt boshlangan joyda ushbu uziq chiziqlarning ta’sir doirasi tugaydi va avtomobillar avtobuslar uchun mo‘ljallangan yo‘lakchani bo‘shatib qo‘yishlari talab etiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga ko‘ra, hech qanday sababsiz mazkur tasmaga o‘tib harakatlangan haydovchilar BHMning ikkidan bir qismi (150 ming so‘m), ajratilgan tasmada sababsiz to‘xtab turgan haydovchilar esa 128-6-moddasiga ko‘ra BHMning 2 baravari miqdorida (600 ming so‘m) jarimaga tortiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat