
Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi.

Faxriy qorovul bo‘linmasi boshlig‘i raport bergach, davlat rahbarlari qorovul safi oldidan o‘tib, o‘zbek harbiy xizmatchilarini qutladilar va O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘iga ehtirom ko‘rsatdilar.


So‘ng prezidentlar rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdi.



Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada muzokara o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zalga o‘tdilar.

Bugun kun davomida ikki davlat rahbari ishtirokida tor va keng doiradagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, uchrashuvlar doirasida qator muhim hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayriboshlash hajmining 60 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi va bu 7 mlrd AQSH dollariga teng. O‘zbekistonda Qozog‘iston sarmoyasi ishtirokida 1109 ta korxona faoliyat yuritadi va ular soni so‘nggi uch yilda ikki barobar ortgan. Qozog‘istonda esa ayni paytda 1 ming 400 dan ortiq O‘zbekiston sarmoyasi tikilgan korxonalar ishlab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar