Foto: Telegram
Toshkent shahri Chilonzor tumanida bir necha fuqaro mashinalarining oynasi sindirib ketilgani, shuningdek, avtomobil ichidan buyum o‘g‘irlangani yuzasidan shikoyat qilgandi. Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 22 dekabr kuni 2001 yilda tug‘ilgan A.S. Chilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unga tegishli bo‘lgan Gentra avtomashinasining old haydovchi yon oynasi sindirilgani va avtomashina ichida bo‘lgan 500 ming so‘mlik soati o‘g‘irlanganini bildirgan.
Foto: Telegram
Shuningdek, shu kuni 1995 yilda tug‘ilgan R.X.ga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomashinasining old haydovchi yon oynasi sindirilgani, lekin avtomashinasidan hech narsa yo‘qolmagani, 1977 yilda tug‘ilgan Ye.B.ga tegishli bo‘lgan Spark avtomashinaning ham old haydovchi yon oynasi sindirilgani, avtomashinasidan hech narsa yo‘qolmagani aniqlangan.
Foto: Telegram
Qayd etilgan holatlar yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Foto: Telegram
Olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida Chilonzor tumanida bir nechta avtomashinalarning oynasini sindirib, o‘g‘rilik sodir etgan fuqaroning shaxsi aniqlandi. U voyaga yetmagan 2005 yilda tug‘ilgan M.B. bo‘lib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda yonidan avtomashinadan o‘g‘irlangan soat va pichoq topilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mushuklar bizning “myov” qilishimizga qanday munosabat bildiradi?
Salim Abduvaliyev bugun ozodlikka chiqdi
Toshkentda Cobalt avtomashinasi yonib ketdi
Haydovchilarga tavsiya: nima uchun mashinani kurtkada boshqarish xavfli?
Qoyilmaqom majlis (hajviya)
Hech qachon jahli chiqmagan odam
Toshkent viloyatida Mazda avtomashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi voqea tafsilotlari