date
views 1 020

Andijonda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Damas ag‘darilib ketdi (video)

Andijonda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Damas ag‘darilib ketdi (video)
Skrin: Telegram
Andijon tumanida 24 dekabr kuni Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ag‘darilib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 17:00 larda Cobalt haydovchisi qoidani buzib, ortga qayrilib olayotganda, bir yo‘nalishda harakatlanib kelgan Damas haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotgan va mashina yo‘l chetiga ag‘darilgan.

Haydovchi A.O. va yana 4 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga ketishga ruxsat berilgan. Mazkur YTH yuzasidan yo‘l harakati xavsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Damas ag‘darilib ketdi (video)