
Skrin: Telegram
Toshkent shahrida 23 dekabr kuni elektrobus haydovchisi yo‘lovchilarga qo‘pol munosabatda bo‘ldi. «Toshshahartransxizmat» axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat «1-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi saroy raqami 005, davlat raqami 01 719 OJA bo‘lgan, 81-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi B.S tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Yo‘lovchiga nisbatan muomala madaniyatiga rioya qilmagani va ichki tartib-qoidalarini buzgani uchun haydovchiga filial rahbariyati tomonidan qat’iy chora ko‘rilib, haydovchi B.S bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Тошкентда автобус ҳайдовчиси йўловчиларга қўпол муомала қилди pic.twitter.com/IAHTXuXqs7
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) December 25, 2022
Тошкентда автобус ҳайдовчиси йўловчиларга қўпол муомала қилди pic.twitter.com/IAHTXuXqs7
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) December 25, 2022
Shuningdek, barcha haydovchilar bilan yo‘lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o‘z manziliga sog‘-omon yetkazib qo‘yish asosiy maqsad ekani, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilgan.
Toshkent ShahriAvtobus HaydovchisiQo‘pol MunosabatElektrobus HaydovchisiTashish MadaniyatiMehnat Shartnomasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar