
CAVOL:
Janozaga borganda nima deb aytish kerak? Bandalik desa bo‘ladimi yoki nima deyish kerak?
JAVOB:
Ta’ziya egasiga “marhum (otangiz yo onangiz)ni Alloh rahmatiga olsin. Sizga sabr va ajr bersin,” deb ta’ziya izhor qilinadi. Shuningdek, quyidagi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning ta’ziyalarini aytish ham yaxshi sanaladi, ya’ni: “Albatta, olgani ham, bergani ham Allohnikidir. Uning huzurida hamma narsa o‘lchovlidir”. Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
JanozaTa'ziyaMarhumni AllohSabr va AjrPayg'ambar Ta'ziyalariO‘zbekiston Musulmonlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar