
Markaziy Saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning vakolatlarini muddatdan oldin tugatish masalasini ko‘rib chiqdi. Komissiya a’zolari bir ovozdan uning mandatini tugatishni qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq, Rasul Kusherbayev o‘z Telegram-kanalida mandatini topshirmoqchi ekani haqida yozgandi.
«Deputatlik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bunday ishlay olmas ekanman. Bunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman. Ishonch bildirgan, qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat! Rozing bo‘linglar! Nasib qilsa qolganini vaqt ko‘rsatadi. Alloh madadkor bo‘lsin!» - degandi deputat.
Rasul Kusherbayevning bunday qarorga kelishiga Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatov unga budjet loyihasi muhokamalarida ochiqchasiga so‘z bermagani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Markaziy SaylovRasul KusherbayevOliy MajlisDeputatlik FaoliyatiMandatni TugatishUlug‘bek Inoyatov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar