
Skrin: Telegram
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 11 yoshli bolani poyezd vagoni ustida yuqori kuchlanishli elektr toki urdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat 18 dekabr kuni soat 16:10 da sodir bo‘lgan. Bola buning oqibatida poyezd ustidan yerga yiqilib tushgan.
«Xabarga ko‘ra, Nurhayot temir yo‘l bekatidagi yuk vagonlarining ustiga chiqqan voyaga yetmagan o‘smir tok urishi oqibatida og‘ir tan jarohati olgan», — deydi mutasaddi inspektor Saidakbar Nurmuhammedov.
Mutaxassis Anvar Saidxo‘jayevning aytishicha, bola yerga yiqilib tushgach, temir yo‘lchilar unga birinchi tez yordamni ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Chilonzor tumanidagi 16-sonli shifoxonaga yotqizilgan.
«Markazimizga 18 dekabr kuni 11 yoshli o‘smir olib kelingan. Bemorning ahvoli juda og‘ir edi. Tananing 80 foizi kuygan. Hozirda uning ahvoli yaxshilangan va stabil holatda», — deydi kombustiologiya bo‘limi mudiri Sobir Shukurov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar