14:04 / 29.12.2022
798

Yangi yil bayrami kunlari poytaxtda avtobuslar qanday harakatlanadi?

Yangi yil bayrami kunlari poytaxtda avtobuslar qanday harakatlanadi?
Yangi yil bayrami kuni Toshkentning markaziy qismlari orqali harakatlanuvchi barcha avtobus yo‘nalishlarining harakati uzluksiz ravishda tashkil etiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

Toshkentda Yangi yil bayram tantanalarini nishonlash kunlarida jamoat transporti faoliyati tartibi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra poytaxtda avtobuslar soat 24:00 gacha harakatlanadi.

2023 yilgi avtobuslar harakati:
  • 2023 yil 1-yanvar yakshanba - yakshanba kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida;
  • 2023 yil 2 yanvar, dushanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida;
  • 2023 yil 3 yanvar, seshanba – 7 yanvar shanba kunidan ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2023 yil 7 yanvar, shanba – 3 yanvar seshanba kuniga ko‘chirilgan ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Ma’lumot uchun, poytaxtda kuniga 1 million 300 ming yo‘lovchi jamoat transportidan foydalanmoqda. Hozirgi kunda Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab 475 kmga yaqin 34ta alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat