
Davlat havsizlik xizmati Moskvaga ishlash uchun borib, tarmoqlar orqali Suriyadagi terroristik tashkiloti a’zolari ta’siriga tushib qolib, ularga yordam berish uchun «moliyaviy jihod» qilishga ahd shaxslarni qo‘lga oldi.
Qayd etilishicha, qo‘qonlik K.Hasanov 2019 yilda Moskvaga ishlash uchun borib, tarmoqlar orqali Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti a’zolari ta’siriga tushib qolib, ularga yordam berish uchun «moliyaviy jihod» qilishga ahd qiladi. Qo‘qonda yashovchi tanishi S.Zokirovni ham Suriyadagi birodarlarga moddiy yordam berishga undagan. U O‘zbekistonda yashovchi shaxslarni «moliyaviy jihod»ga chorlashi va ular bergan pullarni Suriyadagi terrorchilarga yuborishi kerak bo‘lgan.
Topshiriqqa ko‘ra, S.Zokirov «Telegram» orqali Suriyaning Idlib shahrida yashovchi shaxs bilan bog‘lanib, unga 50 ming AQSH dollari yuborishni rejalashtirgan.
DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda S.Zokirov bu pul mablag‘ini yubormoqchi bo‘lgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.
K.Hasanov xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi. K.Hasanov 8 yil, S.Zokirov esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Davlat Havsizlik XizmatiTerrorizmni MoliyalashtirishSuriyadagi TashkilotlarMoliyaviy JihodTezkor TadbirO‘zbekiston Respublikasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar