Moskvadagi bankda odamlarni garovga olgan jinoyatchi bartaraf etildi

2016 yil 19 mayga o‘tar kechasi Moskva shahri sharqidagi kredit banklaridan biriga bostirib kirib, bank xodimlarini garovga olgan va katta miqdordagi pul talab qilgan shaxs bartaraf etilgan, deb xabar beriladi "Kun" nashrida.
Moskva kredit bankining Pervomayskaya ko‘chasi, 5-uyda joylashgan bo‘limida jinoyatchi bankni portlatish bilan tahdid qilganidan keyin bankni qamal qilish boshlangan va amaliyot chog‘ida maxsus kuchlar vakillari jinoyatchini otib o‘ldirishgan.
Undan oldinroq, garovga olingan 6 kishi ozod qilingandi.
Ria Novosti nashrining ma’lum qilishicha, u muzokaralar vaqtida 4,7 mln rubl va 13 ming evro talab qilgandi. U sharti bajarilmasa, portlovchi qurilmani ishga tushirishini aytgani tufayli uni yo‘q qilishga to‘g‘ri kelgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing