
Shavkat Mirziyoyev 30 dekabr kuni «Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni «Lex.uz» qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistondagi 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratilgan. Toifaga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.
Xususan, 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar davlat bog‘chalarida bola ta’minoti uchun to‘lovlar tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagicha kamaytiriladi:
5-toifadagi tumanlarda — 50 foiz;
4-toifadagi tumanlarda — 50 foiz;
3-toifadagi tumanlarda — 30 foiz.
Shavkat MirziyoyevO‘zbekiston RespublikasiDavlat Bog‘chalariTadbirkorlikni Qo‘llab-quvvatlashSoliq ImtiyozlariIqtisodiy AhvolTumanlar Toifalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar