
Kuni kecha, 3 yanvar kuni taxminan soat 18:20lar chamasida Yakkabog‘ tumani «Alakuylak» MFYda yashovchi R.A. o‘zini boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya-2» rusumli avtomashinasida to‘rt kishini bosib ketdi.
U «Toshkent-Termiz» M-39 yo‘lining 1139 kmda Shahrisabz tumanidan Yakkabog‘ tumani yo‘nalishida harakatlanayotganda yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga o‘tayotgan, Yakkabog‘ tumani «Navro‘z» MFYda yashovchilar J.X., M.M., voyaga yetmaganlar Sh.S., Sh.X.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada uch nafar fuqaro olgan tan jarohati tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Bir nafari tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB TB tomonidan R.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Haydovchi R.A. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, deyiladi Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar