
Liberalizm cho‘pchaklaridan biri shuki, go‘yo u insoniyatni urushlar qa’ridan tinchlikka olib chiqqan emish.
Lekin real hayotda insoniyat avvalgidan ham yomonroq qamal holatida turganini ko‘rish mumkin. Bu qamal ba’zida xuddi G‘arb zulmi ostidan qolgan musulmon davlatlarida bo‘lgani kabi harbiy shaklda bo‘ladi. Biroq aksariyat hollarda iqtisodiy va madaniy shaklda bo‘ladi.
Haqiqat shuki, barcha xalqlar hozir yashirin urush holatida turibdi. Tinchlik pardasining ortida, qalbaki tabassam qobig‘ida yashirin ishoralarga beparvo bo‘lmasligimiz lozim.
Amerikalik tahlilchi Jozef Nay 90 yillarda tushuntirib berganidek, davlat o‘z siyosatini yoki qattiq kuch vositasida – ya’ni harbiy va iqtisodiy resurslardan foydalanib; yoki yumshoq kuch vositasida – ya’ni imij, obro‘ yoxud madaniyat kabi nomoddiy resurslardan foydalangan holda amalga oshiradi.
Mazkur nazariya asosan xalqaro siyosatga tegishli bo‘lsada, lekin u G‘arbga xos ayrim mafkuralar taraqqiyotini tushunish uchun foydali. Mazkur prizma orqali biz Hollivud filmlari yoki Marvel hamda Netflix mahsulotlarini tarqatish uchun xalqaro darajada ko‘rsatilayotgan bosim ko‘lamini anglay olamiz.
Bu o‘zgarishlarga yaqqol misol – Saudiya Arabistoni hukumatining mamlakatda LGBTQ + kontentiga ruxsat bergani bo‘ldi. Buning evaziga Netflix o‘z platformasida Saudiya hukumatiga qarshi kontentni taqiqladi. Demak, hukumat o‘z tinchini o‘ylab, bolalar ongini LGBTQ + ga qurbon qilib yubordi.
Mazkur “kelishuv”ga binoan, 2019 yilda Netflix amerikalik qiziqchi Hasan Minhojning “Vatanparvarlik akti” shousidan bir epizodni o‘chirib tashlashga rozi bo‘ldi. Chunki Saudiya Arabistoni hukumatining da’vo qilishicha, ushbu qiziqchi shousida (MBS laqabi bilan mashhur) valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonni tanqid qilish asnosida Saudiya qonunlari buzilgan.
Netflix direktori Red Hastings bu haqda shunday degandi: «Bu juda qiyin qaror bo‘ldi. Natijada biz o‘sha epizodni YouTube da saqlab qoldik, negadir Netflix da emas. Buning sharofati bilan esa Queer Eye, Sex Education i Orange Is the New Black kabi barcha qolgan kontentlarimiz Saudiyada erkin ko‘rsatilishiga muvaffaq bo‘ldik”.
Madaniy ishlab chiqarish sanoatining vazifasi – butun dunyo odamlari bilan badiiy asarlarda ilgari surilayotgan - LGBTQ +ni qo‘llab quvvatlovchi liberal standartlar o‘rtasida emotsional rishtalar bog‘lashdan iborat.
Oxirgi paytlarda Lut qavmi bolalarimizni yanada buzish uchun yana bir taktikani qo‘llayapti. Masalan, dushanba kuni eng yirik kontent va komikslar ishlab chiqaruvchilaridan biri DC Comics “Yangi Supermen, Jonatan Kent, Klark Kentning o‘g‘li va Luis Leyn, tez orada o‘z erkak do‘stlari bilan romantik munosabat boshlashadi”, deb e’lon qildi.
Ushbu bir jinsli muhabbat – Jon taxallusi ostida mashhur Jonatan Kent o‘zining mashhur otasidan farqlanuvchi boshqacha Supermen ekanini isbotlovchi usullardan biri xolos. Iyul oyida «Supermen: Kal-El o‘g‘li» nomli yangi serial boshlanishidan avval Jon iqlim o‘zgarishi sabab bo‘lgan o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashdi, o‘rta maktabdagi otishmaning oldini oldi va Metropolisdagi qochqinlarni deportatsiya qilishga qarshi norozilik bildirdi.
Bunday narsalar global miqyosda qanday ta’sir ko‘rsatishini anglash uchun atrofga boqish yetarli. Aniqrog‘i bolalar uchun chiqarilgan mahsulotlarning shaklu-shamoyili va ulardagi suratlarni kuzatish kifoya.
Aksariyat aholisi musulmon bo‘lgan davlatlarning ko‘pchiligida o‘quv yili boshlanish arafasida do‘konlar Marvel va DC superqahramonlarining logotiplari, surat va ranglari tushirilgan o‘quv qurollari hamda daftar-kitoblarga to‘lib toshadi. Shuningdek, har kuni bolalar superqahramonlar, jumladan, Supermen surati tushirilgan idishlardan ichimlik ichishadi.
Bunday vaziyatda superqahramonlar va ularning xulq-atvor modeli yoshlikdan bolalar ong ostiga muhrlanib boraveradi. Agar bu superqahramonlar bachchaboz bo‘lsachi? O‘z gomoseksualliklarini oshkora ko‘rsatishsa va hatto bu bilan faxrlanishsachi? Bu ma’lumotni “hazm” qilgan avlod kim bo‘lib voyaga yetadi?..
Aslini olganda, yangi "havorang" superqahramonlar allaqachon murg‘ak miyalarni zaharlab boshlagan: Betmenning sherigi Robin yaqinda erkak do‘stiga sevgi izhor qildi. Yangi «Akvamen» komiksida esa qora tanli gey bosh qahramon bo‘lishi mumkin.
Bir so‘z bilan aytganda, zamonaviy Lut qavmining madaniyati butun ko‘ngilochar sanoatni egallab olgan. Biroq musulmon ota-onalar buni bilarmikan? Qolaversa nafaqat katta yoshli bolalar uchun media-kontent, hatto undan yoshi kichiklar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ham “havo rang”ga bo‘yalib bo‘lgan. Masalan o‘tgan yili “Shimigich Bob – kvadrat shim» bolalar multfilmining ijodkori “Bob personaji ham LGBTQ + jamiyatining bir qismi”, deb e’lon qildi. Bu multfilmni esa bolalar 2 yoshdan boshlab ko‘rishadi!
Shuni unutmaslik kerakki, farzandlarimiz bunday kontent bilan oshno bo‘lganida, ularda dunyo va oxiratlarini xarob qiladigan xulq-atvor shakllana boshlaydi. Fahsh va Lut qavmi ishiga avval befarqlik, keyin ijobiy munosabat, oxirida esa ishtiyoq uyg‘onadi.
Shunday ekan, biz bolalarimizga haqiqiy qahramonlar – Umar ibn Xattob, Hamza, Xolid ibn Valid, Umar Muxtor kab tarixiy musulmon shaxslar haqida, qolaversa barcha jihatdan mukammal inson - Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqida ko‘proq gapirib beraylik. Ularning hayot yo‘li farzandlarimiz uchun dunyo va oxirat ishlarida o‘rnak bo‘lishiga erishaylik. Aks holda kelajak avlodlarimizdan Amir Temur, Buxoriy va Ulug‘beklar emas, bugungi kunda atrofimizni o‘rab olgan gey-qahramonlarning nusxalari yetishib chiqadi xolos.
Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar