
«Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti filiali axborot xizmatining bildirishicha, Jondor tumanida tabiiy gazni noqonuniy o‘zlashtirib kelgan 2 ta tadbirkorlik subyekti aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Jondor tumanidagi «Azamat Anvar Jahongir» MCHJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexida o‘rganishlar olib borilgan.
Jamiyatning mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirgan holda sex gaz quvurlarini noqonuniy yo‘l bilan tuman «Jondor 1» GTSdan «Oytug‘di» mahallasi, Peshqandoq qishlog‘i yo‘nalishida tortilgan diametri D 530 mm. bo‘lgan gaz quvuriga ulatishgan. Ushbu quvurdan jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexigacha yer osti orqali yashirincha diametri 25 mm. bo‘lgan quvur tortishgan.
«Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti filiali mutaxassislarining dalolatnomasiga ko‘ra, «Azamat Anvar Jahongir» MCHJ tomonidan 2020-2021-2022 yillar davomida umumiy qiymati 4.935.006,0 m3 tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanilib kelingani ochiqlangan. Buning oqibatida «Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti filialiga jami 4 milliard 935 million so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.
Keyingi holatda «Abduraxmon zarg‘isht servis» MCHJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexi mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirilgani ma’lum qilinmoqda. Ushbu holat ham yuqoridagi manzilda sodir etilgan. Bunda ham yer ostidan yashirincha diametri 25 mm. bo‘lgan quvur tortib, 2020-2021-2022 yillar davomida umumiy qiymati 4.827.918,0 m3 tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelingan. «Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti filialiga jami milliard 828 million so‘mlik ziyon yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 185/2-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
BuxoroJondorTabiiy GazNoqonuniy FoydalanishG‘isht Ishlab ChiqarishJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar