
SAVOL:
Qo‘l yoki oyoqdagi ortiqcha o‘sib chiqqan barmoqni kesish joizmi?
JAVOB:
"Fatovoi hindiya" kitobida yozilishicha, ortiqcha barmoqni kesish odatda yaxshi natija bersa, kessa bo‘ladi. Agar ko‘p holatda natija yomon bo‘lsa, barmoq kesilmaydi.
Boshqa bir fatvo kitobida aytilishicha, ortiqcha barmoqni kesish oyoq kaftining ko‘rinishini yomon ko‘rinishga keltirsa (ya’ni barmoqni kesish uchun oyoq kaftini sindirishga to‘g‘ri kelsa), mumkin emas. Agar barmoqni kesish kaft ko‘rinishini xunuk qilmasa va osilib turgan bir narsadek bo‘lsa va harakatlanganda aziyat bersa, uni kesish joiz. Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
Ortiqcha BarmoqFatvo KitobiBarmoq KesishOyoq KaftiYomon Ko‘rinishYaxshi Natija O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar