18:27 / 10.01.2023
453

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ob-havo sabab Qozog‘iston va Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ob-havo sabab Qozog‘iston va Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi
Foto: Sputnik
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi sovuq ob-havo sababli Qozog‘iston va Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.

So‘nggi kunlarda Rossiya va Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi xabar qilinmoqda.

Xususan, Qozog‘iston hududi bo‘ylab 10—12 yanvar kunlari havo harorati 43 darajagacha sovishi prognoz qilindi.

Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat