
Boysun tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Masterok Boysun” mas’ulyati cheklangan jamiyati tuman Xalq ta’limi bo‘limi bilan o‘zaro shartnoma asosida qurilishi va ta’mirlash ishlarini to‘liq bajarib ishlarni topshirgan bo‘lsada, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan shartnomaga muvofiq to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaydi.
Ushbu masala Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilib, “Masterok Boysun” MCHJ foydasiga 255 million 308 ming so‘m qarz undirish belgilanib, ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Boysun tuman bo‘limiga yuborildi.
Byuroning Boysun tuman bo‘limi tomonidan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunning tegishli moddalariga asosan qarzdor ta’lim muassasining hisob raqamlariga band solinib, inkassa topshiriqnomalari yuborildi.
Shundan so‘ng, inkasso topshiriqnomasiga asosan belgilangan qarzdorlik to‘liq undirib berildi hamda qarzdor tuman Xalq ta’limiga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar