19:05 / 11.01.2023
470

Adliya vazirligi «Yuridik yordam» axborot tizimi ishga tushirdi

Adliya vazirligi «Yuridik yordam» axborot tizimi ishga tushirdi
Advokatura faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida «Yuridik yordam» axborot tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, axborot tizimi orqali advokatlik maqomini olishda talabgorlar malaka imtihonini topshirish uchun elektron tartibda murojaat qilish va malaka imtihoni jarayonlarini kuzatib borish imkoniyati yaratilgan. Tizim orqali respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlar reyestri, ularning shaxsiy elektron kabineti yaratilib, advokatlar tomonidan elektron advokat orderini rasmiylashtirish, davlat organlari va tashkilotlariga advokatlik so‘rovlarini jo‘natish va arizalar berilishi mumkin.

Bundan tashqari, fuqarolar tomonidan:
  • axborot tizimi orqali advokatlar to‘g‘risida, ularning maqomi haqidagi ma’lumotlarni olinishi;
  • advokat reytingini aniqlashi, advokatning faoliyatini baholashi va advokat haqida o‘z fikrlarini izoh tariqasida yozib qoldirishi;
  • advokatura sohasiga oid qonunchilik hujjatlari, yangiliklar, statistik ma’lumotlar bilan tanishishi mumkin.

Ushbu tizimning ishga tushirilishi advokaturaga kirishda ortiqcha qog‘ozlikni bartaraf etadi, advokatlar faoliyatini yengillashtiradi, fuqarolarga ham advokatni oson topishga va ular faoliyatini baholashga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat