08:33 / 12.01.2023
322

Sudda Nukusdagi tartibsizliklar bo‘yicha ayblanuvchi Tajimuratovga 18, Qallixanovaga 11 yil so‘raldi

Sudda Nukusdagi tartibsizliklar bo‘yicha ayblanuvchi Tajimuratovga 18, Qallixanovaga 11 yil so‘raldi
Foto: Oliy sud matbuot xizmati
Buxoro viloyat sudi binosida 11 yanvar kuni Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid sud majlisida taraflarning muzokaralari eshitildi.

Xususan, davlat ayblovchisi sudlanuvchilarga ayblanayotgan moddalar bo‘yicha ularning aybini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlashni so‘ragan.

«Gazeta.uz» xabariga ko‘ra, davlat ayblovchisi Dauletmurat Tajimuratovga 18 yil, Lolagul Qallixanovaga esa 11 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini so‘ragan.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati
Shuningdek, sudlanuvchi Salamat Kalilayev himoyachisining muzokara so‘zi tinglandi. Qolgan taraflarning muzokaralari 12 yanvar kuni o‘tkaziladigan sud majlisida eshitiladi.

Buxoro viloyat sudi binosida 7 yanvar kuni Jo‘qorg‘i Kenges raisi Amanbay O‘rinbayevning ko‘rsatmalari eshitilgandi. Sudlanuvchilar qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligini bildirib, kechirim so‘ragan va prezidentga yetkazishni iltimos qilgan.

O‘rinbayev sudlanuvchilar kim bo‘lishidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ekanini, ularning iltimosini, albatta, yetkazishini ma’lum qilib, sud hay’atidan sudlanuvchilarga qonun doirasida yengillik berishni so‘radi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat