967
Ikki qavatli uy qurguncha, yerto‘lali uy qurib, o‘sha yerda yashashga sharoit qilsang bo‘lmasmi?

Uyga keldim, tush paytidan beri tok yo‘q ekan. Bir mijozim ming xavotir bilan qo‘ng‘iroq qilyapti: isitish tizimimiz tok yo‘qligi uchun o‘chdi, yaxlab qolsa nima qilaman deb. Inshaalloh hech nima qilmaydi deb ovutdim, suhbat oxirida sovuqni yaxshi o‘tkazib oling deb xayrlashdik...
O‘ylab qoldim, yil bo‘yi ishlaydi, tinim bilmaydi, qiynalib pul topadi-yu, topganini falon pullik "jentra"-yu, dang‘illama ikki qavatli uylarga sarflaydigan o‘zbegim...
Ey inson!, deb hayqirgim keladi ba’zida, shuncha qiyinchilik bilan qilganlaringni rohatini qachon ko‘rasan? O‘ylab, aql ila ish qilsang bo‘lmaydimi? Ikki qavat qurguncha, yerto‘lali uy qurib, xonalarga bo‘lib o‘sha yerda yashashga (hech yo‘q qattiq sovuq va issiq kunlar) sharoit qilsang bo‘lmasmi?
Allohning buyuk nemati - yerdan unumli foydalangin. Shunda qish kunlari issiq uyda, yoz kunlari esa iliq xonalarda yashar eding. Sovuq kunlaring uy ichida ham qalin kiyimlar bilan o‘tib ketaveradimi?
Yoshligimdan niyat qilganman: butun hovlimning yeri tagiga uy quraman, kelgan odam uying qani?! Deb hayron qoladi. Hovlida faqat mehmonxona va oshxonalar bo‘ladi xolos, deb.
Taxminan 15-20 yillarda gazimiz tugaydi, hozirdan shunga mos uy quraveringlar...

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar