13:53 / 15.01.2023
232

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarda issiq suv harorati vaqtincha pasaytiriladi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarda issiq suv harorati vaqtincha pasaytiriladi
Toshkent shahri hokimligi aholiga murojaat qilib, elektr tizimiga yuklamani pasaytirish va markazlashgan issiqlik tizimida haroratni ko‘tarish uchun ko‘p qavatli uylarning issiq suv ta’minotida harorat vaqtincha pasaytirilishini ma’lum qildi.

«Toshkent shahrida havo harorati keskin pasayshi oqibatida issiqlik stansiyalariga uzatilayotgan tabiiy gaz bosimi pasayib ketishi sababli xonadonlarga yetkazib berilayotgan issiq suv taminotida ham, isitish tizimida ham oxirgi kunlarda harorat sezilarli darajada pasayib ketdi.

Buning natijasida o‘z xonadonlarini isitish maqsadida fuqarolar qo‘shimcha elektr moslamalardan foydalanishga majbur bo‘lmoqdalar.

Bu esa o‘z navbatida transformator stansiyalari va uzatish simlarida normadan ortiqcha yuklamani vujudga keltiryapti, buning oqibatida esa, oxirgi kunlarda transformatorlar va simlarda portlash, yonib ketish kabi avariyalar soni kunlik o‘n barobaridan oshib ketdi.

Shunga ko‘ra, elektr tizimiga yuklamani pasaytirish hamda markazlashgan issiqlik tizimi (otopleniye)da haroratni ko‘tarish maqsadida, eng kamida, uch kun davomida ko‘p qavatli uylarning issiq suv ta’minotida haroratni vaqtincha pasaytirishga majburmiz. Bunda suvni isitishga sarflanayotgan tabiiy gaz issiqlik tizimi (otopleniye)ga yo‘naltiriladi.

Vaziyatni shahrimiz fuqarolari to‘g‘ri baholashlariga umid qilamiz va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz
», deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, poytaxt aholisidan uylardagi eng zarur xonalarni isitish va yoritishdan tashqari energiya sarfini imkon qadar kamaytirish iltimos qilingan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat