690
Toshkent shahar kengashi Jahongir Ortiqxo‘jayevga murojaatnoma yo‘llanmaganini ma’lum qildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevga minnatdorlik bildirgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinchalik kengash kotibiyati bu xabarni rad etdi.
Kengash rahbari o‘rinbosari Toshpo‘lat Matiboyev o‘z bayonotida deputatlar nomidan sobiq hokimga murojaatnoma e’lon qilinmaganini bildirdi. «Biz bu murojaatni qo‘llab-quvvatlamaymiz», deyiladi bayonotda. Xabarning bu qismi keyinchalik olib tashlandi.
«Hurmatli Toshkent shahri fuqarolari. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining murojaatnomasi bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, 16—17 yanvar kunlari xalq deputatlari kengashining hech qanday yig‘ilishi bo‘lib o‘tmadi va kengash deputatlari nomidan Toshkent shahri sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev to‘g‘risida bayonot berilmadi», — deydi Toshpo‘lat Matiboyev.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan postga Toshkent hokimligi matbuot xizmati tomonidan Jahongir Ortiqxo‘jayevning ko‘p soatlik fuqarolar qabulidan lavhalar aks ettirilgan videorolik ilova qilingandi. Hokimlik mazkur qabullar kechgacha davom etgani, aholining aksariyat muammolari hal etilgani haqida xabar bergan. Kadrlarda odamlarning ko‘z yoshlari bilan hokimga minnatdorlik bildirishlarini ko‘rish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar