
Saxovat va ko‘mak bir-biriga bog‘liq ma’nolardir. Inson umrguzaronlik qilar ekan imkoni qadar ko‘mak berishga intilib yashaydi. Sabab esa ko‘ngillar savob istaydi.

O‘zbek halqi azaliy saxovat oshnosi. Xalqimizda shunday naql bor "Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak". Shu ma’noda Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi saxovat va ko‘mak doirasida imkon qadar saxovatga shaylangan.

Poytaxztimizdagi "Intermed-Innoveyshn" klinikasi tashabbusi bilan Byuroning poytaxt boshqarmasi hamkorlikda aliment undiruvchilarini sog‘lig‘ini mustahkamlash, profilaktika qilish, farzandlari uchun ham saxovat va ko‘mak qo‘lini cho‘zdi.

Bugun tashabbuskor klinikaning Yunusobod tumanidagi filialida Byuroning Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek hamda Sergeli tuman bo‘limlari ish yurituvidagi aliment undiruvlariga oid ijro ishlarining undiruvchilar ya’ni onalar va bolalari taklif qilinib, ularga e’tibor ko‘rsatildi.


Dastlab ular klinika tomonidan 100 foiz tekin shiforkor ko‘rigidan o‘tib, maslahatlar asosida analizlar topshirib, o‘zlariga kerakli maslahatlarni olishdi.
Shundan so‘ng qishning sovuq kunlarida bir piyola issiq choyga taklif qilinib, osh tortildi.


Tashabbuskor klinika tomonidan aliment undiruvchi onalar uchun ro‘zg‘orbop mahsulotlar ham ulashildi.


Ularga ozgina ko‘rsatilgan ko‘mak ko‘ngillarini tog‘dek ko‘targanini ta’kidlab, tadbir so‘ngida tashkilotchilarga minnatdorchilik bildrishdi.

Saxovat va ko‘mak doirasidagi tadbirlar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar