
Foto: Komil Allamjonov
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov Meta kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlat siyosati bo‘yicha vitse-prezidenti Saymon Milner hamda kompaniyaning boshqaruvchi direktori, Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo‘yicha rahbari Jorj Chen bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Meta kompaniyasi hamkorligi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi.
Meta Platforms Inc. — Amerikaning transmilliy holding kompaniyasi bo‘lib, qarorgohi Kaliforniyada joylashgan. U Facebook, Instagram, WhatsApp va Oculus'ga egalik qiladi.

«Facebook va Instagram platformalari jamoatchilik fikr bildiradigan, muammolar o‘rtaga tashlanadigan, bahs hamda fikrlar maydoniga aylandi. Ularning mavjud imkoniyatlari esa kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Samimiy va do‘stona hurmat uchun Saymon Milnerga, va ayniqsa, do‘stim Jorj Chenga katta rahmat», deb yozdi Allamjonov uchrashuv haqida.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar