17:53 / 24.01.2023
1 824

Pora bilan qo‘lga tushgan amaldor mas’ul lavozimga tayinlandi

Pora bilan qo‘lga tushgan amaldor mas’ul lavozimga tayinlandi
Ravshan Po‘latov «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

IIV matbuot xizmatining 2021 yil mart oyidagi xabarida esa «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ direktori o‘rinbosari P.R 1,8 million so‘m pora bilan qo‘lga tushgani aytiladi.

Mazkur holat yuzasidan, 2021 yil 17 mart kuni Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, P.R. Jinoyat protsessual kodeksning 224-moddasi tartibida ushlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, pora bilan ushlangan amaldor bir yarim yildan ziyod vaqtdan keyin o‘z lavozimiga qaytgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat