14:30 / 25.01.2023
251

Qarzdorlik evaziga dorixona binolariga qaratildi

Qarzdorlik evaziga dorixona binolariga qaratildi
Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan iqtiodiy sudlarning ijro hujjatlariga asosan Sirdaryo viloyatidagi dori yetkazish bilant shug‘ullanuvchi korxonadan undiruvchi TIF “Milliy bank” Sirdaryo filiali foydasiga undiruv to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan garov mulki bo‘lgan qarzdorga tegishli Shirin shahri X.Do‘stligi ko‘chasida joylashgan dorixona binosi elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan, auksion savdolarida ushbu dorixona binosi sotilib, sotuvdan tushgan 767 mln. 448 ming so‘m pul mablag‘i undiruvchi TIF “Milliy bank” Sirdaryo filiali foydasining hisob raqamiga kredit qarzdorligi uchun o‘tkazib berildi.

Bundan tashqari qarzdorga tegishli Guliston shahar, “Ulug‘obod” qo‘rg‘oni, “Oydin yo‘l” ko‘chasida joylashgan bino va Sayxunobod tumani, Sayxun MFY, Shodlik MFY, Rahmonberdiyev ko‘chasida joylashgan dorixona binosi, Oqoltin tumani, Sardoba SHFY, A.Navoiy MFY, Samarkand ko‘chasida joylashgan dorixona binolari qarzdorlikni qoplash maqsadida elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilib, auksion savdolarida ushbu ko‘chmas mulklar sotilmaganligi sababli qonunda belgilangan tartibda qarzdorlik xisobiga undiruvchi TIF “Milliy bank” Sirdaryo filiali xisobiga o‘tkazib berilishi natijasida jami 15 mlrd. 542 mln. so‘mlik kerdit qarzdorligi qoplanishi ta’minlanib ijro hujjatlari tomomlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat