date
views 244

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasiga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasiga jo‘nab ketdi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26 yanvar kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Oliy darajadagi muzokaralarda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi. deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasiga jo‘nab ketdi