23:10 / 30.01.2023
314

Instagramdagi «pul ko‘paytiruvchi» firibgar nihoyat qo‘lga olindi

Instagramdagi «pul ko‘paytiruvchi» firibgar nihoyat qo‘lga olindi
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi, fuqaro A.R. ariza bilan murojaat qilib, “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida “Amir Kurbanov” ismli shaxs bilan pul ko‘paytirib berish maqsadida yozishganligi va 300.000 so‘m pul mablag‘larini o‘tkazib berganidan so‘ng aldanib qolganligini bildirib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni o‘zlashtirgan shaxs, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, 2001 y.t., Sh.N. ekanligi aniqlangan.

Sh.N. firibgarlik yo‘li bilan boshqa bir nechta fuqarolarni aldab, pullarini o‘zlashtirganligi va shaxsiy extiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Sh.N.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat