date
views 783

O‘zbekistondagi aholisi eng ko‘p tumanlar ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi aholisi eng ko‘p tumanlar ma’lum qilindi
Statistika agentligi 2023 yilning 1 yanvar holatiga respublika tumanlari orasida doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, aholisi eng ko‘p hudud Samarqanddagi Urgut tumani. Shuningdek, Surxondaryo viloyati Denov tumani, Toshkent shahri Olmazor tumanlari ham reytingda yetakchilardan hisoblanadi.

Urgut tumani – 545,7 ming kishi;
Denov tumani – 409,5 ming kishi;
Olmazor tumani – 395 ming kishi;
Past Darg‘om tumani – 374,9 ming kishi;
Yunusobod tumani – 366,9 ming kishi;
Shayxontohur tumani – 360,5 ming kishi;
Asaka tumani – 347,5 ming kishi;
Mirzo Ulug‘bek tumani – 323,1 ming kishi;
Shahrixon tumani – 317,2 ming kishi;
G‘ijduvon tumani – 317,1 ming kishi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi aholisi eng ko‘p tumanlar ma’lum qilindi