date
views 259

Xatosini tushungan ota alimentni to‘ladi

Xatosini tushungan ota alimentni to‘ladi
Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 18.01.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor M.Axrarovadan undiruvchi O.Sultanov foydasiga uch nafar farzandlari ta’minoti uchun 1/2 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida 21.01.2021 yilda ijro hujjati kelib tushgan.

Qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzi 2023 yil 26 yanvar kuniga qadar jami 20 863 ming so‘mni tashkil qilgan va unga nisbatan to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan. JIB Olmazor tuman sudining 26.01.2023 yildagi qaroriga asosan, qarzdor M.A.Axrarova O‘zR MJtKning 47-4 moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga nisbatan
7 (yetti) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi J.X.Sherqoziyev tomonidan 2023 yil 1 fevral kuni qarzdor M.A.Axrarovadan undiruvchi O.Sultanovning AT “Aloqabank” dagi plastik kartasiga 20 863 ming so‘m aliment qarzdorligi to‘liq undirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xatosini tushungan ota alimentni to‘ladi