
Byuroning O‘zbekiston tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan FIB O‘zbekiston tumanlararo sudining 02.06.2016 yildagi qarzdor I.U.dan undiruvchi I.M. foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor A.A. davlat ijrochisi tomonidan bir necha marta ogoxlantirilishiga qaramasdan, qarzdor aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
24.01.2023 yil kuni davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning “Jentra” avtomashinasini boshqarib yurganligi aniqlanib, ushlangan va xatlanib jarima maydonchasiga olib kirilgan.
Qarzdor 25.01.2023 kuni alimentdan bo‘lgan 17.080.000 so‘m qarzini undiruvchining alastik kartasiga o‘tkazib berdi va qarzdorlik bartaraf etilgani bois uning avtomashinasi qaytarib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar