20:20 / 03.02.2023
176

Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.N. boshqa fuqarolar — M.I. va S.A.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib birish evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, departament, DXX va IIB Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan U.Ya. fuqaro X.A.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘tkaziladigan imtihondan o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat