date
views 241

Angrenda qalbaki pul tayyorlab sotgan shaxslar qo‘lga olindi

Angrenda qalbaki pul tayyorlab sotgan shaxslar qo‘lga olindi
Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Toshkent viloyati Angren tumanida qalbaki pul tayyorlab sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tezkor surishtiruvlar davomida, bir-biriga ulanib ketgan mazkur jinoyat zanjiri uzilib, ishga aloqador bo‘lgan yana 4 nafar (29-47 yoshli) shaxs prosessual tartibda qo‘lga olingan.

Ular 1,5 million so‘m pulni 400 ming so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan va yana qiymati 1,5 million so‘mga teng bo‘lgan qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar va rangli printer daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.

Aniqlanishicha, ushbu shaxslar avvalroq ham 5 million so‘mga teng bo‘lgan qalbaki pul kupyuralarini chop etgan. Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda qalbaki pul tayyorlab sotgan shaxslar qo‘lga olindi