
Foto: tsuos.uz
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva Helvan universiteti rektori Sayyid Qandil bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Helvan universiteti rektori Sayyid Qandil hozirda o‘zbek talabalarining yangi guruhini Helvanda o‘qitish va misrlik talabalarni O‘zbekistonga jo‘natishni nazarda tutuvchi dastur tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Yangi o‘quv yilidan boshlab, nafaqat talabalar, balki o‘qituvchilar almashinuvini jonlantirish bo‘yicha ham choralar ko‘rilishi bildirildi.
Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Helvan universiteti Misrning uzoq tarixga ega ta’lim dargohlaridan biri bo‘lib, u XIX asrda podshoh Muhammad Ali tomonidan tashkil etilgan «Boshqaruv maktablari» negizida tuzilgan.
Universitetning Amaliy san’at fakulteti 1839 yil, Nafis san’at fakulteti 1908 yil, Filologiya fakulteti 1936 yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Oliy o‘quv yurtida 24 ta fakultet bo‘lib, ularda 19 ming 800 nafar talaba tahsil oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar