13:09 / 08.02.2023
190

O‘zbekiston FVV xodimlari Turkiyada 9 kishini qutqardi

O‘zbekiston FVV xodimlari Turkiyada 9 kishini qutqardi
Foto: Videodan skrinshot
O‘zbekiston FVV bo‘linmalari xodimlari Turkiyadagi halokat o‘choqlarida ish olib bormoqda.

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar 8 fevral tonggiga kelib vayronalar ostidan 9 kishini omon olib chiqqan. «Yangiliklar 24» ko‘rsatuvi reportajida aytilishicha, qutqarilganlarning 5 nafari erkak va 4 nafari ayol. Shuningdek, vayronalar orasidan 12 kishining jasadi topilgan.

«8 fevral kuni soat 8:00 ga qadar 132 m.kv. maydonda 430 metr.kub vayronalarni tozalash ishlari bajarilib, natijada 9 nafar inson turli xildagi tan jarohatlari bilan qutqarildi va ularga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, 12 nafar qurbonning jasadi vayronalar ostidan olib chiqildi», deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.

Bundan oldinroq, O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari Turkiyada bedarak yo‘qolgan 13 nafar o‘zbekistonlikni qidirayotgani xabar qilingandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada zilzila oqibatida vafot etganlar soni 6234 nafarga yetgan. Suriyada esa hozirgacha 2 mingga yaqin kishi o‘limi tasdiqlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat