date

210 mln. so‘mlik moddiy zararni undirish uchun DAF yuk mashinasi xatlandi

210 mln. so‘mlik moddiy zararni undirish uchun DAF yuk mashinasi xatlandi
Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi O‘rta-chirchiq tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor E.Sagidinovdan, undiruvchi U.Azimov foydasiga 210 million sum moddiy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi.

Mazkur ijro hujjatining ijrosini ta’minlash yuzasidan bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga tegishli mol mulklarni o‘rganilganda, E.Sagdinovning nomida DAF rusumli yuk avtomashinasi borligi aniqlangan.

Byuroning Tashkent viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘basi xodimlari bilan hamkorlikda qarzdorga tegishli DAF rusumli yuk avtomashinasiga qidiruv e’lon qilinib,yuk mashinasi topilgan va tegishli tartibda xatlangan.

Hozirda ushbu transport vositasini auksion orqali realizatsiya kilish choralari ko‘rilmokda. Sotuvdan tushgan pul mablag‘lari yuqoridagi qarzdorlikni so‘ndirishga yo‘naltiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 210 mln. so‘mlik moddiy zararni undirish uchun DAF yuk mashinasi xatlandi