
Skrin: Telegram
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida 10 fevral kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 15:32 da “Sherboy Shaxzod” MCHJga qarashli 3 ta qurilish materiallari savdo do‘konlarining 75 kvadrat/metr maydonida yong‘in sodir bo‘lgan.
Сурхондарёда қурилиш дўконлари ёниб кетди. pic.twitter.com/vVjRonyaSp
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) February 10, 2023
Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:36 da yetib borib, soat 16:10 da batamom o‘chirilgan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yong‘in qutqaruvchilarining sa’y-harakatlari natijasida 800 kvadrat/metr joy saqlab qolingan. Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va tegishli mas’ullar yetib borgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar