15:19 / 11.02.2023
215

Elektr ta’minoti korxonasiga 102 mln. so‘mga yaqin qarzdorlik undirib berildi

Elektr ta’minoti korxonasiga 102 mln. so‘mga yaqin qarzdorlik undirib berildi
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti korxonalari foydasiga undiruv bilan bog‘liq sud hujjatlarining ijrosi ta’minlanib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yil o‘tgan davri mobaynida sud qarorlariga asosan hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yetkazilgan 101,8 mln. so‘m yetkazilgan zararlar undirilishi ta’minlangan.

Jumladan, Byuroning Baliqchi tuman bo‘limi ish yurituvidagi Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatida qarzdor “Yuksalish sari Shukrona” fermer xo‘jaligi hisobidan Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga 39,3 mln. so‘m asosiy qarz va 5,5 mln. so‘m penya undirilish ko‘rsatilgan.

Bo‘lim tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor fermer xo‘jaligidan Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yetkazilgan 44,9 mln. so‘m zarar undirilib, ta’minotchi korxonaga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat