
Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 26.12.2022 yildagi ajrimiga ko‘ra, da’vogar D.Rasulevni “Temir Yo‘l Maxsulotini sertifikatlashtirish markazi” MCHJ direktori lavozimiga ishga tiklash belgilangan.
Ushbu ijro xujjati Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga 01.02.2023 yilda kelib tushgan va shu kuni davlat ijrochisi tomonidan “Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida” qaror qabul qilgan bo‘lib, sobiq xodimni darxol ishga tiklash bo‘yicha talabnoma yuborilgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shaxar xududiy boshqarmasining 07.02.2023 yildagi qaroriga asosan da’vogar D.Rasulev avvalgi ish joyiga tiklangan.
Ijro hujjati ijrosi taminlanganligi sababli, ijro ishi yuritish tamomlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar