13:18 / 19.02.2023
348

Aliment to‘lashdan qochib yurgan qashqadaryolik qarzdorlar Toshkentdan topildi

Aliment to‘lashdan qochib yurgan qashqadaryolik qarzdorlar Toshkentdan topildi
Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Qidiruv sho‘basi xodimlarining amaliy sa’y-harakatlari natijasida shu kunga qadar o‘z farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab, O‘zbekistonning turli hududlarida yashirinib, qochib yurgan fuqarolar topilib, davlat ijrochilari tomonidan tegishli ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bo‘lim xodimlari joriy yilning 17-18 fevral kunlari Toshkent shahrida tezkor-qidiruv ishlarini olib borib, 9 nafar qidiruvdagi shaxslarni topishga erishdilar. Ularning barchasi alimentdan qarzdor fuqarolardir.

Jumladan, Byuroning Shahrisabz tuman bo‘limi ish yurituvida I.M.dan farzandlari uchun aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati mavjud. Ammo, qarzdor bir necha oydan buyon aliment pullarini to‘lamasdan, qochib yurganligi oqibatida, qarzdorlik 20 mln. so‘mdan oshib ketgan. Davlat ijrochisi ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga bir necha marotaba borsa-da, qarzdorni topolmaganligi sababli, joriy yilning 1 fevral kuni unga nisbatan qidiruv e’lon qildi.

Qarzdor I.M. 18 fevral kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanidan topildi. Endilikda, keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun davlat ijrochisiga topshiriladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat