
Foto: IIV Kiberxavfsizlik markazi
Jizzax shahrida yashovchi N.A. (1980 y.t.) ichki ishlarga arz qildi. Aytishicha, u metall buyumlarni lazerda kesish xizmati to‘g‘risidagi Olx.uz saytida joylangan e’longa asosan ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilgan va ushbu xizmatdan foydalanish uchun noma’lum shaxsning bank kartasiga 2 640 000 so‘m pulni o‘tkazib bergan. Biroq unga hech qanaqangi xizmat ko‘rsatilmagan...
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida ushbu jinoyat Toshkent shahrining Sergeli tumanida yashovchi, muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan I.X. (1998 y.t.) tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
I.X. fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, o‘zaro kelishuv (aldov) yo‘li bilan pullarni olgan.
I.X.ga nisbatan yana Jinoyat kodeksining 168-moddasi (3-qism) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Metall KesuvchiJizzax ShahriToshkent ShahriJinoyat KodeksiBank KartasiTezkor Qidiruv O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar